Edegor "Real"ning La Liganing yangi mavsumi uchun qaydnomasida yo'q

Alisher
14 avg 2021, 10:16
Madridning "Real" klubi bugun "Alaves"ga qarshi o'yin bilan La Liganing yangi mavsumidagi ilk o'yinini boshlaydi.

Bir qator futbolchilar jarohat sabab ushbu o'yinda ishtirok eta olmaydi. Ammo, yarim himoyachi Martin Edegor mavsum uchun ham qaydnomada yo'q.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti buni "qirollik klubi" tarkibida yarim himoyachilar ko'pligi bilan asosladi va norvegiyalikka joy ajratmadi.

Futbolchi o'tgan mavsumni "Arsenal" safida ijarada o'tkazdi. U 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca