Edegor qishda "Real"dan boshqa jamoaga ijaraga ketishni istamoqda

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2015, 19:43
"Real" futbolchisi Martin Edegor qishgi transferlar oynasi vaqtida klubdan ketishni istamoqda.

16 yoshli futbolchiga klub asosiy tarkibi bilan faqat shug'ullanib yurish yoqmayapti. U asosiy jamoa safida o'yin amaliyotiga ham ega bo'lishni istar ekan.

U "Real Kastilya" safida uchinchi divizionda o'ynab yurish faoliyatini o'sishiga yordam bermaydi deb hisoblaydi. Shu sababli boshqa jamoaga ijaraga ketishni lozim ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca