YCHL. Xoland Sulshyerdan o'tib ketdi, Keynning rekordini yangiladi va yana bir natija erishdi

Eldor Akmurzayev
10 mar 2021, 21:42
YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Borussiya D” – “Sevilya” o'rtasidagi javob bahsida Erling Xoland dublga erishdi.

Xoland gollari sonini 20 taga etkazib oldi va Ole-Gunnar Sulsherni (19 ta gol) ortda qoldirgan holda musobaqa tarixidagi eng yaxshi norvegiyalik to'purarga aylandi.

20 yoshli forvard Chempionlar Ligasida 20 ta to'p kiritgan eng yosh futbolchi sifatida ham qayd etildi. 

Erling 20 ta golini urishi uchun 14 ta o'yin talab qilindi. U mazkur natijaga eng tez erishgan futbolchi sifatida Xarri Keynning rekordi (har 24 o'yin)ni yangiladi.

Eslatib o'tamiz, dortmunliklar hujumchisi YCHL joriy mavsumida o'nta gol urgan holda to'purarlar ro'yxatida yetakchilik qilmoqda. Xoland hisobida bitta samarali uzatma ham bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta, Squawka