YCHL tarixidagi eng yaxshi klublar reytingi e'lon qilindi (TOP-10)

Eldor Akmurzayev
26 dek 2020
UEFA e'lon qilgan ro'yxatda musobaqaning 13 karra g'olibi “Real” yetakchi sifatida qayd etildi.

Madridliklar turnirda 51 marta qatnashib, 445 ta o'yin o'tkazgan va ulardan 265 tasida zafar quchib, 77 tasida durang o'ynagan. Qolgan 103 bahsda esa raqiblariga mag'lub bo'lgan.

2-o'rindagi “Bavariya”da 495 ochko bor – 37 mavsum, 358 o'yin, 211 g'alaba, 73 mag'lubiyat, 74 durang.

Kuchli uchlikka esa “Barselona” yakun yasadi – 31 mavsum, 325 o'yin, 193 g'alaba, 59 mag'lubiyat, 73 durang.

TOP-10 esa quyidagicha (1955-2020 yillar):

1. "Real" (Ispaniya)

2. "Bavariya" (Germaniya)

3. "Barselona" (Ispaniya)

4. "Manchester Yunayted" (Angliya)

5. "Yuventus" (Italiya)

6. "Milan" (Italiya)

7. "Liverpul" (Angliya)

8. "Benfika" (Portugaliya)

9. "Portu" (Portugaliya)

10. "Ayaks" (Niderlandiya)


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA