

"Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski YCHLning “Hafta futbolchisi” nominaciyasida g'olib deb topildi. "Benfika" darvozasiga uchta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi, o'z raqobatchilari bo'lgan Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Pedru Gonsalveshni ortda qoldirdi.




