YCHL. PSJga qarshi ilk uchrashuv oldidan "Borussiya D"da jiddiy yo'qotish

Eldor Akmurzayev
5 fev 2020, 19:15
“Borussiya D” sardori Marko Roys Germaniya Kubogi doirasida “Verder”ga qarshi (2:3) bo'lib o'tgan bahsda jarohatlandi.

Klub tibbiy xizmatining ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli Roys mushaklarining shikastlanishi bois 4 haftaga yaqin muddatni lazaretda o'tkazadi. 

Germaniyalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada 19 o'yin o'tkazib, 11+5 natija qayd etdi. Marko YCHL 1/8 bosqichidan o'rin olgan PSJga qarshi ilk uchrashuvni (18 fevral) o'tkazib yuboradigan bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bvb.de