YCHL. PSJ himoyachisi “Borussiya D”ga qarshi bahs oldidan Xolandni tanimasligini aytdi

Eldor Akmurzayev
6 fev 2020, 19:30
PSJ futbolchisi Toma Mene YCHL 1/8 bosqichi doirasida o'tkaziladigan ilk o'yin oldidan “Borussiya D” forvardi Erling Xolanddan qo'rqmayotgani va uni hattoki tanimasligini bildirdi.

“Undan cho'chish? Uni deyarli tanimayman ham. U “Borussiya D”da aql bovar qilmas darajada ko'p gol urishi oqibatida juda yaxshi statistikaga ega bo'lib oldi, Biroq, shuning bilan birga bu jamoa ko'p to'p o'tkazib yubormoqda. Qog'ozda PSJ har qanday raqibdan o'ta oladi. Hammasi o'zimizga bog'liq”, deydi Mene.

Eslatib o'tamiz, “Borussiya D” – PSJ o'rtasidagi birinchi bellashuv 18 fevral kuni Germaniyada bo'lib o'tadi, javob uchrashuvi esa 11 martga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal