YCHL. Pley-offga APL va Bundesligadan 4 tadan, Ispaniyadan esa 1 ta jamoa chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
3 noya 2022, 08:55
Chempionlar ligasi pley-offida eng ko'p jamoa Angliya va Germaniyadan bo'ladi.

1/8 finalda Germaniyadan Bavariya, Ayntraxt, Borussiya D va RB Leyptsig, APLdan esa  Tottenxem, Chelsi, Manchester Siti va Liverpul jamoalari qatnashadi. 

Italiyadan esa uchta jamoa bahordagi uchrashuvlarda ishtirok etadi - Napoli, Milan va Inter. Ispaniyadan bitta Real bor. Fransiyadan ham PSJ sovrin uchun kurashni davom ettiradi. 

Shuningdek, Portugaliyaning ikki jamoasi - Portu va Benfika, Belgiyadan Bryugge pley-off bosqichida qatnashadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia