YCHL o'yini oldidan "Ayaks"ning 11 (!) futbolchisida koronavirus aniqlandi

2 noya 2020, 21:20
Test natijalari Amstyerdam klubining 11 nafar a'zosida infekciya borligini ko'rsatdi, deb xabar berdi RTL Nieuws telekanali.

Takidlanishicha, kasallanganlar orasida yoshlar jamoasining bazi vakillari ham bor. Futbolchilarning ismi oshkor qilinmayapti.

"Ayaks" seshanba kuni Daniyada Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida "Mityulland"ga qarshi o'ynashi kerak. Jamoaning ushbu o'yin uchun e'lon qilgan qaydnomasiga 17 futbolchi kiritilgan edi. Ular orasida asosiy darvozabon Andre Onana, yarim himoyachilar Dushan Tadich va Devi Klassen yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: RTL Nieuws