Ebola virusi sabab Afrika millatlar kubogi qoldirilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 okt 2014, 11:08
Marokash rahbariyati Ebola virus tarqalayotgani tufayli Afrika millatlar kubogi-2015ni boshqa muddatga surmoqchi.

Afrika futbol konfederatsiyasi (KAF) bilan muzokaralar keyingi haftada o'tkazilishi kutilmoqda. Turnir 8-17 fevral kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Oldinroq KAF Liberiya, Serra-Leone, va Gvineyada o'yinlar o'tkazishni taqiqlab qo'ygan edi. Gvineya va Serra-Leone terma jamoalari saralash uchrashuvlarini Kamerun va Marokashda o'tkazishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru