Dunyoning eng ko'p maosh oluvchi sportchilari reytingining kuchli uchligini futbolchilar tashkil qildi

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2019, 21:17
Forbes jahonning eng ko'p maosh oluvchisportchilar reytingini yangiladi.

Unga ko'ra, yetakchilik Barselona hamda Argentina termasi sardori Lionel Messiga berildi. Ikkinchi hamda uchinchi o'rinda Yuventus forvardi Krishtianu Ronaldu va PSJ a'zosi Neymar qayd etilgan. Ro'yxatning kuchli o'nligi esa quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Lionel Messi (Argentina, futbol) - $ 127 mln

2. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, futbol) - $ 109 mln

3. Neymar (Braziliya, futbol) - $ 105 mln

4. Saul Alvares (Meksika, boks) - $ 94 mln

5. Rojer Federer (Shveytsariya, tennis) - $ 93,4 mln

6. Rassel Uilson (AQSH, amerika futboli) - $ 89,5 mln

7. Aaron Rojers (AQSH, amerika futboli) - $ 89,3 mln

8. Lebron Jeyms (AQSH, basketbol) - $ 89 mln

9. Stefen Karri (AQSH, basketbol) - $ 79,8 mln

10. Kevin Dyurant (AQSH, basketbol) - $ 65,4 mln.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Forbes