

Xabaringiz bor, turinliklar Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadigan YCHL 1/8 final doirasidagi uchrashuvda “Tottenxem” klubini qabul qilishadi.
“Bizni jiddiy sinov kutib turibdi. “Tottenxem” o'ta jiddiy raqib. “Shporlar” ham Premer-liga, ham YCHLda ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Bir so'z bilan aytganda, bugun bizni titanlar jangi kutyapti. Ochig'i, qanday taktika asosida o'ynashimizni bilmayman. Agar bilganimda aytib berardim”, - dedi Kosta.




