Duglas Kosta: “Bizni titanlar jangi kutmoqda”

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 00:16
“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta bir necha daqiqalardan so'ng boshlanadigan o'yin haqida fikr bildirdi.

Xabaringiz bor, turinliklar Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadigan YCHL 1/8 final doirasidagi uchrashuvda “Tottenxem” klubini qabul qilishadi. 

“Bizni jiddiy sinov kutib turibdi. “Tottenxem” o'ta jiddiy raqib. “Shporlar” ham Premer-liga, ham YCHLda ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Bir so'z bilan aytganda, bugun bizni titanlar jangi kutyapti. Ochig'i, qanday taktika asosida o'ynashimizni bilmayman. Agar bilganimda aytib berardim”, - dedi Kosta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif