Duayt York MYUning bo'lajak afsonasi kim bo'lishini aytdi

Tolibjon Qosimov
1 mar 2018, 18:08
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Duayt York hujumchi Markus Reshford haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Uning o'yinlarini ko'rib xursand bo'laman. Reshfordda markaziy hujumchi bo'lib o'ynash uchun tug'ma qobiliyati bor. Ishonaman u bu bilan to'xtab qolmaydi.

U yaxshi poziciya tanlay oladi va shu boisdan ham gollar urishni eplaydi. Yaqin yillarda Markusning faoliyati bundan-da yaxshi bo'ladi.

Yosh bo'lsa-da, milliy terma jamoa tarkibida ham to'p surmoqda. Maqsadlariga tezda erishmoqda. Bu ketishda u klubning afsonaviy futbolchisi bo'la oladi", - dedi York.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com