York "Manchester Yunayted"ni Martinesni sotib olishga chaqirmoqda

Sherzod Nurmatov
22 may 2025
MYU sobiq hujumchisi Duayt York mankunianliklar darvozasini Andre Onana o'rniga "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines qo'riqlashini istamoqda.

"Martines ko'p yillar davomida chinakam ajoyib o'yinchi ekanligini ko'rsatib kelmoqda va uni nima uchun katta klublar xohlashini tushunish mumkin. Men “Manchester Yunayted”ni nazarda tutyapman. Martines shunchaki tajriba keltirmaydi, raqamlarga asoslansak, u Andre Onanadan ancha yaxshi darvozabon. Uni sotib olish "Manchester Yunayted" uchun katta muvaffaqiyat bo'lardi", – dedi York.

Avvalroq Emiliano Martines ikki top-klub qiziqishlari doirasida ekani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com