

21 yoshli hujumchi o'tgan mavsum APLning 30 o'yinida maydonga tushib, 10 ta gol urgandi.

"O'ylaymanki, Xoylund uchun mavsumda 20 ta gol uradigan hujumchi bo'lish juda qiyin bo'ladi. Menimcha, bu hech qachon sodir bo'lmaydi.
U hali yosh o'yinchi, lekin uni Evro-2024da kuzata turib ham unga nimadir yetishmayotganini payqadim. Aniq sababini tushunmayapman. Unda hujumchiga kerak bo'ladigan X-faktor yo'q.
Menimcha, u yaxshi futbolchi. Uni shu toifaga kiritsa bo'ladt, chunki u hali rivojlanadi. Yigitdan umidlar katta va men unga eng yaxshi niyatlarni tilayman.
Umid qilamanki, u meni hayratda qoldira oladi. U "Manchester Yunayted"ning qutqaruvchisiga aylanadimi? Javob yo'q", – dedi mankunianlar sobiq hujumchisi Duayt York.



