Dostonbek Hamdamov - 2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2015, 19:37
Bugun, 29 noyabr kuni Osiyo qitasining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini O'zbekiston yoshlar terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovga nasib qildi. Undan tashqari bu sovringa Zabihillo O'rinboev va Eldor Shomurodov ham da'vogarlik qilgandi.

Eslatib o'tamiz, uchala futbolchi O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida may oyida Yangi Zelandiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib chorak finalga qadar yetib borgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia