Flik: "Reshford zaxirada qoldimi, demak, tarkibda eng yaxshilar o'ynamoqda"

Mirjalol Normatov
12 dek 2025, 23:53
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik hujumchi Markus Reshfordning zaxirada qoldirilayotgani haqida gapirdi.

Forvard so'nggi 5 o'yinning 4 tasida zaxirada qoldirildi.

"U zaxirada qoldimi, demak, tarkibda eng yaxshilar o'ynamoqda. U hozir yaxshi holatda, o'z ishiga sidqidildan yondashmoqda.

Futbolchilar bilan suhbatlashdim. U menga xotirjam bo'lishini, muhimi jamoa ekanligini aytdi. U o'z ishiga shunday qaraydi. Uning bu yerda ekanligidan mamnunman", - dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo