Donnarumma "Milan"da PSJdagidan ko'ra ko'proq maosh olishi mumkin edi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021, 16:54
Darvozabon Janluijji Donnarumma shartnomaga ko'ra, PSJda yiliga 7 million evro maosh oladi.

"L’Équipe" xabariga ko'ra, Italiya matbuoti tomonidan uning yiliga 12 mln evro maosh olishi borasidagi xabarlar asossiz. Bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda, uning yillik maoshi 10 mln evroni tashkil qilishi mumkin.

"Milan"da esa u yiliga 6 mln evro maosh olayotgandi. O'tgan muzokaralar davomida Milan klubi unga 8 million evro maosh taklif qilgan, ammo u bunga rad javobini bergan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe