Diyor Xolmatov: "Bizni chempion bo'la olmaydi deyayotganlar, barchasiga keyingi turda guvoh bo'lishadi"

Sherzod Nurmatov
4 noya 2023, 15:59
"Paxtakor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

Futbolchi "Ahal" bilan kechadigan OCHL uchrashuvi haqida ham to'xtalib o'tdi. 

"O'ylaymanki, munosib o'yin ko'rsata oldik. Shunchaki vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Hechqisi yo'q, bu durangni keyingi turda g'alabaga aylantiramiz. Bizni chempion bo'la olmaydi deyayotganlar, barchasiga o'zlari guvoh bo'lishadi. Albatta, so'nggi 2 ta o'yinni uyda o'tkazishimiz qo'shimcha ustunlik beradi. Bu bahslarda chiroyli va haqli g'alabaga erishishimizga ishonaman. 

"Ahal" bilan o'yin mehmonda bo'lib o'tadi. Borib, sharoitga moslashishga harakat qilamiz. Sun'iy maydon bizga muammo tug'dirmasligi kerak", – dedi Diyor Xolmatov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia