“Dinamo” oliy ligada beshta o'yindan buyon gol ura olmayapti

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 23:31
Oliy liganing 18-turida “Dinamo” o'z maydonida golsiz durangga imzo chekdi – 0:0.

Bu bilan samarqandliklarning oliy liga bellashuvlaridagi golsiz seriyalari 450 daqiqaga etdi. Tyulkin shogirdlari so'nggi marta 13-turda Farg'onada “Neftchi” darvozasiga  gol (“Neftchi” – “Dinamo” 2:3) kiritishga erishishgandi. Shundan keyin “dinamo”ilar ketma-ket beshta o'yindan buyon (“Lokomotiv”- “Dinamo” 2:0, “Dinamo”-“Mashal” 0:0, “Dinamo”-“Metallurg” 0:3, “Sho'rtan” – “Dinamo” 1:0, “Dinamo” – “Paxtakor” 0:0) raqib darvozasiga gol urishning uddasidan chiqa olishmayapti.

“Dinamo” 19-turda Namanganda “Navbahor” mehmoni bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia