"Dinamo" Hakim Fuzaylovdan oldin qaysi murabbiyga taklif bilan chiqqani ma'lum

Aslanov Jasurbek
15 mar 2021, 12:44
Samarqandning "Dinamo" jamoasi tojikistonlik murabbiy Hakim Fuzaylov boshchiligida Pro liganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bizga ma'lum bo'lishicha "Dinamo" jamoasi o'tgan mavsum oxirida bosh murabbiylik postiga bir qator nomzodlarni ko'rib chiqqan. Ular orasida serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich ham bo'lgan. Buni murabbiyning o'zi saytimiz muxbiriga ma'lum qildi.

"Ha, Samarqandning "Dinamo" jamoasidan taklif bo'lgandi. Klub Pro ligada ishtirok etadi. Lekin meni faqat Superliga jamoalari qiziqtiradi. Shuningdek "Navbahor" bilan ham muzokaralar olib bordik. Ammo ular mahalliy mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilishdi",- deydi Lazarevich. 

Ma'lumot o'rnida takidlash joizki, serbiyalik murabbiy bugungi kunda Saudiya Arabistoning "Al Taavun" jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ish boshlagan. Murabbiyning so'nggi ish joyi Liviyaning "Al Nasr" va Tojikistonning "Xo'jand" jamoalari bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia