Dinamo 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2020, 18:29
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqanddagi qarorgohida olib borayotgan Dinamo jamoasi bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi.

Dinamo jamoasi Akmal Xolmurodov, Bahodir Nasimov, Mirkomil Lokaev, Sardor Eminov, Dilmurod Karimov, Abbos Shodmonov, Siroj Hamroev singari futbolchilar bilan xayrlashdi. Ixtiyor Toshpo'latov esa Metallurg klubiga transfer qilindi. Darvozabon Botirali Ergashev esa Qo'qon-1912 jamoasiga bir yilga ijaraga berildi. Klub ushbu futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlariga omad tilab qoladi.

Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va klub rahbariyati qaroriga ko'ra, Tachmurod Agamurodov jamoadagi bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradi. Uning oldiga klubni Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yiladi. Pro-liga yangi mavsumi oldidan jamoa tarkibiga yangi futbolchilar taklif etilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz