

O'yin haqida
- Albatta “Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinda mag'lub bo'ldik, xatolarimiz bor. Ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi. "Mashal" libosida maydonga tushdingmi, shunga mos harakat qilishing kerak. Yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'ydik.
Navbatdagi o'yinda tarkibda rotaciyalarni amalga oshiramiz. Asosiy xato to'pni qabul qilish va uzatmalarda yuzaga keldi. Ikkinchi golda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Hozir o'yin emociyasida qanday izoxlashga ham xayronman. Takror aytaman, keyingi turda jiddiy rotaciyalarga qo'l uramiz.
- "Mashal"ning so'ngi o'yinlarda "Sho'rtan" bilan o'yinlaridagi natijalari salbiy. Buni qanday izoxlaysiz?
- "Sho'rtan" g'alaba qozonayotgan bo'lsa, demak bizga mahorat yetishmagan hisoblanadi. Statistikalar bu yerda ahamiyatsiz, biz doim ham "Sho'rtan"ga mag'lub bo'lib kelayotganimiz yo'q.
- Bugun 2 ta gol urgan Muhriddin Zoirov "Mashal" ko'rigida bo'lgan. Biroq tarkibga jalb etilmaganini sababi nima?
- Bu futbolchining o'z hohishiga ko'ra edi. Uning qarori shunday ekan, biz buni o'zgartira olmaymiz.



