Unda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ustozi Dilshod Nuraliev va jamoa sardori Otabek Shukurov qatnashishdi:
"Birinchi o'yin o'yin barcha musobaqda doim qiyin bo'lib kelgan, ayniqsa jahon chempionati kabi katta forumda. Ikkinchi esa o'yin qiziqarli bo'lishi aniq. Marokash Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ikki terma jamoani ajoyib o'yin kutib turibdi", - deydi Dilshod Nuraliev.
- O'yinlar o'tayotgan Fujayra haqidagi fikrlaringiz?
-Kecha Fujayra shahri tarixi bilan tanishib chiqar ekanmiz, ularning urf-odatlari biznikiga o'xshash ekanini sezdik. Fujayraning mahalliy taomlari O'zbekiston taomlariga o'xshab ketar ekan.
- Birinchi tur o'yinlarini tahlil qilgan holda zaxira o'rindig'i borasida qanday fikrdasiz? Chunki Marokashning zaxirasida ham yaxshi futbolchilar ko'p.
- Marokashning zaxiradan tushgan o'yinlari ham o'yin suratini oshirib yubora oladi. Ularda aksariyat futbolchilar Yevropada o'ynaydi. Buni tan olamiz va ularni xurmat qilamiz. To'g'ri zaxiramiz ularga qaraganda kuchli emas, lekin bor imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz.
- Birinchi o'yinda Marokashni stadionda mahalliy arablar qo'llab turishdi, ertaga ham shunday bo'lishi mumkin. Bu ularni yanada kuchaytirishi mumkin...
- Haqiqatdan ham birinchi o'yinda muxlislarning yordami katta bo'ldi. Buni ularni o'yinidan ham ko'rib olsak bo'ladi. O'zbekistondan ham 200ga yaqin ishqibozlar kelishgan. Ular ham bizni imkon qadar qo'llab turishadi, o'z navbatida biz ham chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Birinchi o'yindan keyin jamoa futbolchilarining holati qanday? G'alabadan keyin sarmast emasmisizlar?
Otabek Shukurov: Biz Marokashga qarshi o'yinga tayyorgarlikni bir zum bo'lsada tushirganimiz yo'q va ertaga muxlislarimiz uchun o'ynaymiz.
Nodirxo'ja Yuldashev
Fujayra