

Bu XXV-milliy chempionat boshlanishiga qadar davom etadigan yig'in bo'lib, mashg'ulotlar bilan bir qatorda bir necha o'rtoqlik o'yinlari ham tashkil etiladi. Kunning ikkinchi yarmida Chilonzor sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tgan mashg'ulotda "Bunyodkor" futbolchisi Dilshod Jo'raev ham ishtirok etdi. U 2016 yilgi mavsumni jamoamizda o'tkazadi. Shuningdek, yana bir necha ko'rikka kelgan yosh futbolchilar ham jamoa safidan o'rin olishdi.
Jamoamiz 18 fevralda "Neftchi" va 21 fevralda "Qo'qon-1912" jamoasi bilan kuch sinashadi.



