Dilshod Jo'raev "Bunyodkor" bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

Iskandarov Abdulaziz
11 yanv 2022, 19:14
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

2021 yilgi mavsumni AGMKda o'tkazgan yarim himoyachi Dilshod Jo'raev "Bunyodkor" bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Futbolchi jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani haqida ma'lum qilgan edik. Takidlash joiz, "Bunyodkor" Dilshod Jo'raev uchun begona klub hisoblanmaydi. U 2012-2016, 2018 yilgi mavsumlarda "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qilgan. 


Artyom Filiposyan, Dilshod Jo'raev qatnashgan, yomg'irda o'tgan "Bunyodkor"ning bugungi mashg'ulotidan galereya

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia