Diego Maradona: "Barselona" Neymarni kulturistga aylantirib qo'ymasa bo'ldi"

6 sen 2013, 10:07
Argentinalik futbol afsonasi, buyuk Diego Maradona "Barselona" hujumchisi Neymarning o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Neymarning o'yini menga zavq bag'ishlaydi va u haqiqatdan ham e'tiborga sazovor".

"Unga nima kerak ekanini uning o'zi yaxshi biladi. Shunisi aniqki, u hech qachon kulturistga aylanishi kerak emas. Umid qilamanki, "Barselona"dagilar uni mushaklarini o'stirib, ularga ishlov berishga majbur qilishmaydi.  Undan faqatgina futbol o'ynash talab etiladi", dedi Maradona.


Manba: sports.ru