

“Atletiko M” hujumchisi Diego Kosta qishki transferlar vaqtida “Tottenxem” a'zosiga aylanishi mumkin. “Shporlar” 32 yoshli hujumchini yanvardagi transferlar oynasi vaqtida o'z safida ko'rishini xohalmoqda. Inglizlar Kostani ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, Kosta uchun London begona emas. U vaqtida “Chelsi” sharafini himoya qilgan.



