Diego Kosta "Galatasaroy"ga ijaraga berilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
5 dek 2015, 21:50
"Chelsi" futbolchisi Diego Kosta faoliyatini "Galatasaroy"da ijara asosida davom ettirishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Ma'lum bo'lishicha, turklar hujumchini mavsum so'nggigacha ijaraga olmoqchilar.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi ushbu mavsumda "Chelsi" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph