Diego Kosta "Barselona"ga qarshi o'yinda jarohat oldi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2018, 12:14
"Atletiko" futbolchisi Diego Kosta "Barselona"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat oldi.

Bu haqida madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone aytib o'tdi.

"U oyog'ida og'riq his qildi va almashtirishimni so'radi. Kosta haqiqiy jangchi. U maydonda paydo bo'lsa jamoada g'alaba uchun imkoniyat paydo bo'ladi.

Biz "Barselona" deyarli bir hil o'ynadik. Menga barchasi yoqdi. "Atletiko" g'alabaga yaqinroq edi", - dedi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fourfourtwo.com