Dide Desham: "Yana o'n yil Fransiya terma jamoasini shug'ullantirishga tayyorman"

Tolibjon Qosimov
22 avg 2014, 12:10
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham o'z mansabida iloji boricha uzoq vaqt qolmoqchi.
Mutaxassisning Fransiya futbol federatsiyasi bilan shartnomasi Evro-2016gacha belgilangan.

"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu vazifani bajarayotganimdan mamnunman. Bunday hayot menga mos keladi. Hozirda men jamoani Yevropa chempionatiga tayyorlayapman, ammo mendan qolishni so'rashsa, yana 10 yil bu vazifani bajarishga tayyorman. Yoaxim Lyovga qarang, u Germaniya terma jamoasi bilan 2006 yildan beri ishlab kelmoqda" - deydi Desham.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru