Dide Desham: "Barselona Grizmanni noto'g'ri ishlatmoqda"

Alisher
15 noya 2019, 10:46
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Antuan Grizmanning "Barselona"dagi holati haqida gapirdi.

- Men har bir o'yinni kuzatib boryapman. Hammasi bundan ham yaxshi bo'lishi mumkin, ammo vaziyat juda zo'r ham emas. Savol "Barselona" uni qanday foydalanayotganidadir.

U Madridning "Atletiko" klubida ideal rolda o'ynardi. Menimcha u Fransiya terma jamoasiga qaraganda "Barselona"da hal qiluvchi rolda kamroq o'ynamoqda.

Shunga qaramay Grizmann biz uchun nimani anglatishini va u biz uni qanchalik qadrlashimizni o'zi yaxshi biladi, - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN