Di Matteo katta futbolga qaytmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2017, 20:15
Chelsining sobiq bosh murabbiyi Roberto Di Matteo katta futbolga qaytmoqchi ekanligi haqida aytib o'tdi.

U 2016 yilning oktyabrida "Vest Bromvich"dan bo'shatilganidan so'ng xech qayerda ishlamagandi.

"Bu vaqt oralig'ida menda ko'plab takliflar bo'ldi. G'alati narsa: agar siz murabbiylik qilishni istamasligingizni aytsangiz, yanada ko'plab takliflar ola boshlaysiz. Biroz vaqt o'tib esa murabbiyliksiz yashay olmasligingizni tushunasiz. Endi bir qarorga keldim, yaqin orada qaytaman", - deydi italiyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports