Di Mariya PSJ bilan shartnomani uzaytiradi

Alisher
10 dek 2021, 16:29
PSJ argentinalik hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqmoqda.

Tomonlar bu borada muzokaralar o'tkazishdi va og'zaki kelishuvga erishishdi. 33 yoshli vingerning Fransiya grandi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Anxel 2015 yildan beri Parij jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien