Di Franchesko "Barselona" g'alabasida hakamlarni aybladi

Mirjalol Normatov
5 apr 2018, 15:55
"Roma" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko "Barselona"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari pasayib ketdi. Agarda hakamlar "Barselona"ga yordam bermaganida kurash qizg'inroq kechgan bo'lardi. Biroq qo'lni ko'tarib taslim bo'lmaymiz. De Rossi xato qildi, bo'lib turadi, Manolas esa avtogoldan qochib keta olmasdi. "Barselona" juda chiroyli o'ynadi, hakamlar ularga yordam bermaganida yaxshi bo'lardi. Biroq biz to'rtta golni o'tkazib yuborishga loyiq emasdik", - dedi Di Franchesko.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com