Depay faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 apr 2021, 01:19
"RMC Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" "Lion" hujumchisi Memfis Depayning transferiga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining Fransiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyunigacha mo'ljallangan. Depay bu yozda erkin agentga aylanadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Turin klubi jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin, chunki Depayga "Barselona" va "Liverpul" da'vogarlik qilyapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport