Depay "Barselona"dan ketish borasida qaror chiqardi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023, 15:19
"Barselona" futbolchisi Memfis Depay katta ehtimol bilan yozda jamoadan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, hujumchi qishdayoq jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Agarda barchasi reja bo'yicha ketsa, ikkinchi davrada "Atletiko" tarkibida o'ynaydi. Biroq u hali "Barselona"dan ketishni rahbariyat bilan kelishib olgani yo'q.

Klublar esa muzokaralar boshlashga tayyor. Yaqin bir haftada barchasi aniq bo'lishi kerak.

Ushbu mavsumda Depay barcha turnirlarda 4 o'yinda 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano