Depay A Seriya grandi bilan 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Uning maoshi qanchaligi ham ma'lum

Eldor Akmurzayev
13 avg 2022, 09:10
“Barselona” forvardi Memfis Depay faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradi.

Turinliklar 28 yoshli futbolchi bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Niderlandiyalik yangi klubida yiliga 7 mln evro maosh ishlab topadi.

“Yuve” kataloniyaliklar Depayni tekinga qo'yib yuborishi yoki muqobil summaga transfer qilishidan umid qilmoqda. Memfisning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto