Dembele Mbappening PSJdan ketishi haqida: "U "Real"da o'ynashni orzu qilgandi"

Mirjalol Normatov
31 may 2025, 00:45
PSJ futbolchisi Usmon Dembele sobiq jamoadoshi Kilian Mbappening jamoadan ketishi qanchalik ta’sir o'tkazgani haqida gapirdi.

"Balki Kilian bilan biz yanada kuchliroq bo'lgan bo'lardik. Bunday holatda nimalar bo'lib ketishini bilmaymiz.

Mbappe "Real"da o'ynashni orzu qilardi, PSJ esa o'z yo'lida davom etishi kerak. PSJ Kiliangacha ham bo'lgan, undan keyin ham bo'ladi.

Mbappega omad tilaymiz. Bizning e'tiborimiz faqatgina o'zimizga va mavsumga qaratilgan", - dedi Dembele.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal