

Ushbu bahsda fransiyalik hujumchi yana asosiy qahramonlardan biriga aylandi.
Aynan uning uzatmasidan so'ng Gonkalu Ramush 90+4-daqiqada hisobni tenglashtirdi va parijliklarga g'alaba qozonish imkoniyatini berdi.
Dembele uchun bu 2025 yildagi samarali harakat qilgan 37-o'yin: 27 gol va 10 golli uzatma. Bu ko'rsatkich Yevropaning top-5 ligasidagi barcha futbolchilar orasida eng yaxshisi bo'lib, uning eng yaqin taqibchisi kamida 6 ochko ortda bormoqda.
Uning hozirgi formasi va o'yinga ta’sirini hisobga olsak, Dembele bu yil "Oltin to'p"ga asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.



