Deku "Barselona"ning Niko Uilyamsga bo'lgan qiziqishini rad etdi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2025, 18:23
"Barselona" sport direktori Deku bir necha oylardan beri Ispaniya OAVda qizg'in muhokama qilinayotgan "Atletik" Bilbao vingeri Niko Uilyamsning transferi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Hech qachon Niko Uilyamsni taqib qilmaganmiz. Aslida uning agenti biz bilan bir necha bor bog'langan, aksincha emas. "Atletik" Bilbao o'z vakilidan nega bunday gaplar paydo bo'lganini so'rashi kerak. Ochig'i, futbolchining o'zi ham biz izlayotgan profilga unchalik ham to'g'ri kelmasdi.

Biz kelishuv shartlari va parametrlarini o'zimiz belgilaymiz. Shundan so'ng muzokaralar qog'ozga tushirilishi kerak. Va biz aniq aytganmiz: qo'yilgan shartlar qabul qilinmaydi, chunki hech bir futbolchi o'z qoidalarini klubga singdirolmaydi", – dedi Deku.

Eslatib o'tamiz, Niko Uilyams joriy mavsum La Liganing 3 o'yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Hozirda u jarohatini davolash bilan band.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com