Debyushi yanvar oyida Arsenaldan ketishi mumkin

Narzulla Saydullayev
3 okt 2015, 16:00
Arsenal himoyachisi Mate Debyushi qishda klubdan ketish haqida o'ylab ko'rmoqchi.

Sababi 30 yoshli francuz bu mavsumda atiga 3ta o'yinda maydonga tushdi. Arsen Venger yosh Ektor Beleringa ishonch bildirmoqda.

Shu bois Debyushi Fransiya terma jamoasidagi o'z o'rnini yo'qotib qo'ydi. Terma jamoaning Armaniston va Daniyaga qarshi o'yinlariga uning o'rniga Bakari Sanya va Kristof Jaye taklif etildi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yil yozida Fransiya Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net