
Ayni paytda "Milan" yaxshi formada. O'ylashimcha, ular bir ochkoga loyiq o'ynashdi. G'alaba qozona olmaganimiz achinarli bo'ldi. O'tkir hujumlar tashkil etishda sustkashlikka yo'l qo'ydik. Agarda o'z maydonimizda bo'lib o'tgan "Sassuolo" va "Milan"ga qarshi o'yinlarda g'alabani tantana qila olganimizda, hozir peshqadam sifatida yilni yakunlagan bo'lardik.