De Bryuyne: "Mourinyo menga "Chelsi" futbolchilarining saviyasiga mos emasligimni aytgan edi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2016, 10:49
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne "Chelsi"da o'ynagan kezlari Joze Mourinyo bilan qanday munosabatda bo'lgani haqida so'zlab berdi.

Belgiyalik 2012-2014 yillarda londonliklarga tegishli edi, ammo u APLda bor-yo'g'i 3 ta uchrashuvda maydonga tushadi va keyinroq "Volfsburg"ga o'tib ketadi.

"Joze barcha hujumkor yarim himoyachilarni yig'di. U bizga olti futbolchisining statistikasini ko'rsatdi - oshirmalar, paslar foizi, golli paslar, dribling. Mourinyo men boshqalarning saviyasinga mos emasligimni isbotlashga uringan.

Unga shunday degandim: "Kechirasiz bu mantiqsizlik. Men maydonda qolganlarda ko'ra kamroq vaqt o'tkazyapman. Qanday qilib meni ular bilan solishtirish mumkin? Bu nohaqlik".

Keyin esa mashg'ulotlarga etarlicha e'tibor bermayotganim haqida xabarlar chiqdi. Ammo meni taniydigan odamlar bu yolg'onligini bilishardi. Bir necha oy o'tib "Volfsburg"ning muxim futbolchilaridan biriga aylandim va jahon chempionatida ham yomon ishtirok etganim yo'q. Men shunchaki futbol o'ynashni yaxshi ko'raman. Zaxirada baxtsiz insonga aylanaman.

"Styaua"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvidan so'ng Mourinyo meni tanqid qilganidan keyin, men mashg'ulotlarda borimni berib ishlay boshladim, xatto dam olish kunlari ham shug'ullanganman. Ammo hech narsa o'zgarmadi va meni qo'yib yuborishlarini so'radim.

Mourinyoning takidlashicha, yaxshi futbolchiligim tufayli u meni xatto ijaraga ham berishni istamagan. Ammo nima ham qila olardim? "Chelsi" meni ijaraga bermoqchi bo'ldi. Men esa klubni tark etishni istardim" - deydi belgiyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph