Davron Fayziev: “Farg'onaga tarixni yangilash uchun kelgandik”

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 20:41
“Neftchi” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “So'g'diyona” bosh murabbiyi Davron Fayziev qatnashdi.
Davron Fayziev (“So'g'diyona” bosh murabbiyi): - “Avvalo farg'onalik muxlislarga minnatdorchilik izhor etmoqchiman. O'yindan keyin ular bizni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi. Bu erga kelishdan oldin shogirdlarimga tarixni yangilash vaqti kelganini takidlagandim. 21 yildan beri “So'g'diyona” Farg'onadan ochko ololmayotgan edi. Bugun tarix yangilandi. Qisqa tanaffusdan foydalanib, xatolarimiz ustida ishladik. “Paxtakor”ga qarshi o'yinni yaxshilab tahlil etdik. Bugun g'alaba qozonganimizdan xursandman”. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz