David Luiz Konte uni Diego Kosta bilan do'st bo'lgani uchun jazolayapti deb hisoblaydi

Tolibjon Qosimov
7 noya 2017, 20:04
"Chelsi" himoyachisi David Luiz va jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte o'rtasidagi kelishmovchilik tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

"The Times"ning ma'lum qilishicha, Luiz Konte uni Diego Kosta bilan do'st bo'lgani uchun jazolayapti deb hisoblaydi. Kosta aynan italiyalik mutaxassis bilan janjal tufayli klubni tark etgan edi. Luiz Kostaning yaqin do'sti sifatida bir necha bor futbolchi va murabbiyni yarashtirishga urinib ko'rgan. Hatto, ularni suhbatga ham taklif qilgan.

Shuningdek, bu mavsum Diego Kosta bilan do'st bo'lgan yana bir futbolchi braziliyalik Villian ham maydonga juda kam tushirilmoqda.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: thetimes.co.uk