David Alaba yozda “Barselona” yoki “Real”ga o'tadi

9 mar 2018, 09:30
“Bavariya” himoyachisi yozda o'z klubini almashtirishni rejalashtirmoqda.

Sport Bild nashriga ko'ra, Alaba yozda “Bavariya”ni tark etadi. Himoyachining xizmatlariga ikki azaliy raqib “Barselona” va “Real” qiziqib qolgan. Davidning amaldagi shartnomasi 2021 yil iyunida o'z nihoyasiga yetishi belgilab qo'yilgan.

Avvalroq David futbolchilik faoliyatida yangi sahifa ochishni xohlayotgani haqida ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Bild