Dani Alves faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
10 mar 2019, 00:47
PSJ himoyachisi Daniel Alves​ faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Le Parisien.​

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 35 yoshli braziliyalik futbolchi parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamagan. U erkin agent sifatida Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” tarkibiga borib qo'shilishni rejalashtirmoqda. Alves hamda Pep oldinroq “”Barselona”da birga faoliyat olib borgandi.

Dani Alvesh joriy mavsum PSJ safida 20 o'yinda qatnashib, 4 bora gollarga hammuallif bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien