SSKA Goncharenko bilan shartnomani 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar uzaytirdi

Alisher
20 may 2020, 15:00
SSKA bosh murabbiy Viktor Goncharenko bilan hamkorlikni davom ettiradi.

42 yoshli belaruslik mutaxassis Moskva klubi bilan 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan yangi bitimni imzoladi.

Goncharenko 2016 yilning 12 dekabrida SSKA ustoziga aylangan edi. Jamoa hozirga qadar uning qo'l ostida 129ta o'yin o'tkazib, 65 g'alabaga erishdi.

"Qizil-ko'klar" Goncharenko bilan Rossiya Kubogi Superkubogi 2018'da g'olib chiqdi va Yevropa Ligasining 2017/18 yilgi mavsumida 1/4 finalga qadar yetib bordi.

SSKA koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan Rossiya chempionatida 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/PFC_CSKA